Netanyaxu hokimiyatda qolish uchun mintaqamizni urushga tortmoqda

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Qatarga tashrifi doirasida mamlakat Bosh vaziri va Tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdulrahmon Al Tani bilan qo’shma matbuot anjumani o’tkazdi.

2129325
Netanyaxu hokimiyatda qolish uchun mintaqamizni urushga tortmoqda

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Qatarga tashrifi doirasida mamlakat Bosh vaziri va Tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdulrahmon Al Tani bilan qo’shma matbuot anjumani o’tkazdi.

Anjumanda so’zga chiqqan Hakan Fidan, “Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu hokimiyatda qolish uchun mintaqamizni urushga tortishga urinayotgani ochiq ko’rinib turibdi”,- dedi.

Qatar tashqi ishlar vaziri bilan mintaqadagi soʻnggi oʻzgarishlarni muhokama qilganligini aytgan Hakan Fidan, “Biz boshidan beri Isroilning Gʻazoda sodir etayotgan jinoyatlarning mintaqaviy toʻqnashuvga aylanib ketish xavfi borligini taʼkidlab keldik va buning kuchayishi va tarqalishi ehtimolidan ogohlantirgan edik",- dedi.

Uning ta’kidlashicha, o'tgan hafta sodir bo'lgan Eron-Isroil mojarolari mintaqadan tashqari davlatlar ishtirokidagi urush ehtimolining unchalik uzoq emasligini barchaga namoyon qildi. Bu tahlika hamon davom etmoqda.

Voqealar boshlanishidan oldin taranglikni bostirish uchun jadal harakat qilinganini aytgan Hakan Fidan, bir qator diplomatik muloqotlar o’tkazilganini, bu harakatlar hali ham davom etayotganini va barcha tegishli tomonlar vazminlikka chaqirilganini eslatdi.

Vazir Fidan, mintaqadan tashqari davlatlarning ham voqealarga xotirjamlik bilan yondashishi kerakligini ta'kidlab, "Mintaqa davlatlari sifatida biz uchinchi tomonlarning o'z to'qnashuvlarini bu mintaqaga olib kelishini istamaymiz" dedi.

"Birinchi navbatda xalqaro huquq hamma uchun majburiydir. Global darajada tinchlik va barqarorlikning kaliti xalqaro huquqqa rioya qilishdir. Ikkinchidan, bu ochiq-oydin Netanyaxuning hokimiyatda qolish uchun mintaqamizni urushga tortishga harakat qilganini ko’rsatadi. Netanyaxuni so'zsiz qo'llab-quvvatlayotganlar zudlik bilan o'z pozitsiyalarini qayta ko'rib chiqishlari kerak. Uchinchidan, eng muhimi, voqealarning asosi Isroil tomonidan G'azoda amalga oshirilgan zo'ravonlik va zulmdir. Shuni ta'kidlashni istardim: na Isroil, na Eron qurbon emas. Qurbonlar G’azo xalqidir”,-deydi Turkiya TIV rahbari.

Tashqi ishlar vaziri, shuningdek, G'azodagi falokatni to’xtatish uchun barcha zimmasidagi mas’uliyatni bajarishi kerakligini ta'kidladi.

Qatar Bosh Vaziri va Tashqi Ishlar Vaziri Al Tani ham G’azodagi vaziyatga e’tibor qaratib, “Turkiyaning o’rni va ta’sirchanligi, ayniqsa mintaqada gumanitar inqirozni to’xtatish uchun juda muhim”,- dedi.


Tanlangan kalimalar: #Qatar , #Turkiya , #Hakan Fidan

Aloqador xabarlar