Hakan Fidan:"Turkiya Falastin xalqi bilan birga"

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Turkiya Falastin xalqi bilan birga ekanini ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, Turkiya hukumati G'azodagi qirg'in aybdorlarini sudga tortish uchun bor kuchi bilan harakat qiladi.

2133673

Vazir Fidan o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lum qildi:

"Mamlakatimiz yetakchilaridan siyosiy qurol sifatida foydalanishga beparvo bo‘lgan isroillik siyosatchilarning niqoblari endi butunlay olib tashlandi. Xalqaro huquq va barcha insoniy qadriyatlarni oyoq osti qilishda davom etayotgan Isroil rasmiylari allaqachon jahon jamoatchilik fikri vijdonida qoralangan. Biz qirg‘in aybdorlari qonun oldida javob beradigan kunni intiqlik bilan kutamiz”.

Boshqa tomondan, Hakan Fidan Saudiya Arabistonining poytaxti Ar-Riyodda bu davlat tashqi ishlar vaziri Faysal bin Ferhan va Qatar Bosh vaziri va Tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdurrahmon Al Tani bilan uchrashdi.

Vazirlikning X ijtimoiy media hisobidagi postga ko'ra, vazir Fidan qatarlik hamkasbi Al Tani, keyin esa Saudiya Arabistoni hamkasbi Faysal bin Ferhan bilan uchrashdi.

Uchrashuv tafsilotlari ma'lum qilinmadi.

Tanlangan kalimalar: #Hakan Fidan , #Turkiya

Aloqador xabarlar