Jevdet Yilmaz O‘zbekistonga rasmiy tashrif uyushtirmoqda

Vitse - prezident Jevdet Yilmaz ertaga O‘zbekistonga rasmiy tashrif uyushtirmoqda.

2133872
Jevdet Yilmaz O‘zbekistonga rasmiy tashrif uyushtirmoqda

Turkiya vitse - prezidenti Jevdet Yilmaz ertaga rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga boradi.

Jevdet Yilmaz ikki kunlik tashrifi doirasida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi.

Yilmaz, shuningdek, O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narboeva va Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari Jamshid Qoʻchqorov bilan alohida - alohida uchrashadi. Ikki tomonlama muzokaralardan soʻng hay’atlar oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtadi.

“Turk ishbilarmonlari uchrashuvi” dasturida ish dunyosi vakillari bilan uchrashadigan Jevdet Yilmaz, tashrifining ikkinchi kuni poytaxt Toshkentda oʻtkaziluvchi Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumining ochilishida ishtirok etadi.



Aloqador xabarlar