Turkiya Gambiya askarlariga harbiy ta’lim berdi

7-28 aprel kunlari poytaxt Banjulda o'tkazilgan maxsus mashg'ulotlarda 351 Gambiya askari ishtirok etdi.

2133579
Turkiya Gambiya askarlariga harbiy ta’lim berdi

 

Turkiya Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) sammitiga mezbonlik qilishga tayyorlanayotgan Gambiya askarlariga harbiy ta’lim berdi.
7-28 aprel kunlari poytaxt Banjulda o'tkazilgan maxsus mashg'ulotlarda 351 Gambiya askari ishtirok etdi.

Mashg’ulotning yopilish marosimida Turkiyaning Gambiyadagi elchisi Fahri Turker Oba, Gambiya Mudofaa vaziri Sering Modou Njie, Gambiya Bosh shtab rahbari Mamat Cham va ko’plab harbiylar ishtirok etdi.

Elchi Oba marosimdagi nutqida Turkiyaning Gambiyaga bergan yordamidan mamnunligini bildirdi.

Uning ta'kidlashicha, ushbu harbiy ta'lim Gambiya xavfsizlik kuchlarining malakasini oshirishga hissa qo'shadi.

Gambiya Mudofaa vaziri Sering Modou Njie Turkiya Gambiyaning ishonchli hamkori ekanligini ta’kidlab, Turkiya hukumatining Gambiyaga ko'rsatayotgan yordamlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

U shuningdek, Turkiya Respublikasiga asos solgan ulug' dohiy Mustafo Kamol Otaturkni taqdirlab, Turkiya-Gambiya munosabatlarining yaxshi darajada rivojlanayotganini ta'kidladi.

Gambiya Bosh shtab rahbari Cham, beg'araz yordamlari va qo'llab-quvvatlovi uchun Turkiyaga minnatdorlik bildirib, "Yurtda tinchlik, jahonda tinchlik" tamoyilining ahamiyatiga urg'u berdi.

Marosim ortidan Turk delegatsiyasi sharafiga uyushtirilgan ziyofatda Gambiya qurolli kuchlari orkestrlari Izmir marshini ijro etdi.

Gambiya 4-5 may kunlari Islom hamkorlik tashkilotining 15-sammitiga mezbonlik qiladi.


Tanlangan kalimalar: #Gambiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar