Erdo'g'an:"Isroil shafqatsizlikda Gitlerni ham ortda qoldirdi"

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Adolat va taraqqiyot partiyasining Parlamentdagi yig'ilishida ma'ruza qildi.

2128910
Erdo'g'an:"Isroil shafqatsizlikda Gitlerni ham ortda qoldirdi"

 

Isroil G‘azo sektorida 14 mingdan ortiq begunoh bolalarni o‘ldirib, hatto Gitlerni ham ortda qoldirdi.

Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an kecha, 17 aprel kuni hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasining parlamentdagi fraksiyasi yig‘ilishida so‘z ochdi.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, hech kim Turkiya Prezidentining ham, uning ma’muriyatining ham Falastin masalasida sezgirligiga shubha qilishga haqli emas.

"Har qanday sharoitda men Falastin kurashini himoya qilishda davom etaman va Yaratgan menga bergan umrimning oxirigacha mazlum Falastin xalqining ovozi bo‘laman", deydi Turkiya rahbari.

Falastinning HAMAS harakatining faoliyatiga to‘xtalar ekan, u "Mustaqillik urushi davrida Turkiya uchun Milliy kuchlar qanday bo‘lgan bo‘lsa, HAMAS ham shunday", ekanini qo‘shimcha qildi. Erdo‘g‘an Turkiya HAMASni terrorchi deb hisoblamasligini eslatdi. 

Shuningdek, Erdo‘g‘an Isroil G‘azo sektorida genotsid sodir etgan terrorchi davlat ekanini yana bir bor ta’kidladi. 

“2023 yil 7 oktyabrdan beri terrorchi Isroil davlati G‘azoda ham, G‘arbiy Sohilda ham genotsid amalga oshirmoqda, Isroil G‘arbning ko‘magi bilan insoniyat tarixida sharmanda bo‘lib qoladigan ommaviy qotillik bilan shug‘ullanmoqda”, deydi Turkiya Prezidenti.

Eslatma: Avvalroq Rajab Tayyip Erdo‘g‘an HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniyaga o‘g‘illari va nevaralarining halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirgandi.


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar