Putin, O‘zbekiston prezidenti Mirziyoyev bilan Qoraqalpog‘istondagi vaziyatni muhokama qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shevket Mirziyoyev bilan O‘zbekistonning Qoraqalpog‘iston muxtor respublikasidagi vaziyatni muhokama qildi.

1852569
Putin, O‘zbekiston prezidenti Mirziyoyev bilan  Qoraqalpog‘istondagi vaziyatni muhokama qildi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shevket Mirziyoyev bilan O‘zbekistonning Qoraqalpog‘iston muxtor respublikasidagi vaziyatni muhokama qildi.

Rossiya prezidenti Kreml saroyi maʼlumotlariga koʻra, Putin Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qilgan.

Qoraqalpogʻistondagi vaziyat muhokama qilingan uchrashuvda Rossiya tomoni Oʻzbekiston maʼmuriyati mintaqadagi vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

Ikki tomonlama munosabatlar ham muhokama qilingan uchrashuvda Putin va Mirziyoyev kelgusida mamlakatlari oʻrtasidagi sheriklikni mustahkamlash tarafdori ekanliklarini tasdiqladilar.

1 iyul kuni Qoraqalpog‘istonda O‘zbekiston Konstitutsiyasining Qoraqalpog‘iston Muxtor Respublikasining maqomi to‘g‘risidagi moddalarga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha ayrim takliflar kun tartibiga kiritilganidan so‘ng norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi mazkur namoyishlar mamlakat konstitutsiyasiga kiritilishi ko‘zda tutilgan o‘zgartirishlarni “noto‘g‘ri talqin qilgan” bir guruh fuqarolar tomonidan uyushtirilganini ma’lum qildi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Prezidenti Mirziyoyev namoyishlar bo‘lib o‘tgan Nukusga borib, u yerda fuqarolar bilan uchrashib, Qoraqalpog‘iston maqomi o‘zgarmasligini ma’lum qildi.

Mirziyoev imzolagan farmon bilan namoyishlar davom etayotgani munosabati bilan Qoraqalpogʻiston Muxtor Respublikasida 2 avgustga qadar favqulodda holat eʼlon qilindi.

Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi voqealarga aloqadorlikda 18 kishi halok boʻlgan, 243 kishi jarohatlangan, 516 kishi hibsga olinganini maʼlum qildi.

 

 

 



Aloqador xabarlar