Qirg‘izistonda TikTok ijtimoiy tarmog‘i taqiqlanmoqda

Qarorga ijtimoiy tarmoqning “Qirg‘iziston Respublikasida bolalar salomatligi, ularning jismoniy, intellektual, aqliy, ma’naviy va axloqiy rivojlanishiga zarar yetkazilishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qonunga rioya etmagani asos bo'ldi

2129093
Qirg‘izistonda TikTok ijtimoiy tarmog‘i taqiqlanmoqda

 

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi respublika hududida TikTok ijtimoiy tarmog‘iga kirishni cheklashni so‘ramoqda.

Bu haqda kecha, 17 aprel kuni Raqamli rivojlanish vazirligi xabar berdi.

“Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining respublika hududida TikTok axborot resursiga kirishni cheklash to‘g‘risidagi asoslantirilgan qarori asosida Aloqa sohasini tartibga solish va nazorat qilish xizmati aloqa operatorlariga ko‘rsatilgan xizmatdan foydalanishni cheklash choralarini ko‘rish zarurligi to‘g‘risida xat yubordi”, deydi vazirlik vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur qarorga ijtimoiy tarmoqning “Qirg‘iziston Respublikasida bolalar salomatligi, ularning jismoniy, intellektual, aqliy, ma’naviy va axloqiy rivojlanishiga zarar yetkazilishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qonunga rioya etmagani asos bo‘lgan.

Avvalroq, 2023 yilning 30 avgust kuni Qirg‘iziston Madaniyat vazirligi mamlakatdagi TikTok faoliyati to‘xtatilganini e’lon qilgan edi. Ushbu qaror keng jamoatchilikka ta'sir ko'rsatdi. Shu kuni Raqamli rivojlanish vazirligi internet-provayderlarni ijtimoiy tarmoqqa kirishni blokirovka qilish uchun zudlik bilan choralar ko‘rishga chaqirdi.

2023-yil dekabr oyi oxirida Raqamli rivojlanish vazirligi platforma “bir qator sabablarga ko‘ra” hali bloklanmaganini aytgandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #TikTok , #Qirg'iziston

Aloqador xabarlar