Qirg‘izistonda Imomidin Tashov qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda hukumatni ag‘darishga tayyorgarlik ko‘rganlikda gumon qilingan Tashov qo‘lga olindi.

2130613
Qirg‘izistonda Imomidin Tashov qo‘lga olindi

Milliy xavfsizlik Davlat qoʻmitasi Matbuot xizmati markazi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, qirgʻiz - qozoq chegarasidan noqonuniy yoʻllar orqali mamlakatga kirgan qurilish shirkati boshqaruvchisi Imomidin Tashov qoʻlga olingani bildirildi.

Ta’kidlanishicha, Tashov hokimiyatni qo‘lga kiritish maqsadida ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoatchilikni chalg‘itishga uringan.

Xavfsizlik kuchlari yanvar oyida hukumatni toʻntarish uchun tayyorgarlik ko‘rayotganlikda gumon qilingan guruhga qarshi amaliyot uyushtirgan edi. Unda, nomi tilga olingan to‘ntarish tayyorgarliklarini uyushtirish faoliyati Tashov tomonidan moliyalashtirilgani haqida ma’lumot olingani bildirildi.

Milliy xavfsizlik Davlat qoʻmitasi Tashovni hibsga olish haqida qaror qabul qildi.



Aloqador xabarlar