Mirziyoyev Qozog‘iston yetakchisi va xalqiga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev bilan Qasim - Jo‘mart To‘qayev telefon orqali muloqot qildi.

2131080
Mirziyoyev Qozog‘iston yetakchisi va xalqiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 - aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim - Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lumot bo‘lishdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra Shavkat Mirziyoyev, qarosh Qozog‘iston yetakchisi va xalqiga ushbu mamlakat hududidagi keng miqyosli toshqinlar natijasida insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirgan.

Bunday tabiiy ofatlar keyingi paytlarda mintaqada kuzatilayotgan iqlimning salbiy o‘zgarishlari oqibati ekanini qayd etgan.

Bu borada yaqin amaliy hamkorlikni davom ettirish ustidan kelishib olingan.

Prezidentlar muloqot chog‘ida shuningdek, yaqinda Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qilganlar.

Mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar va bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ham ko‘rib chiqilgan.

 



Aloqador xabarlar