O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘zaro munosabatlarini yanada mustahkamlamoqchi

Shavkat Mirziyoyev bilan Qasim-Jomart Toqayev telefon orqali muloqot qildi.

1851462
O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘zaro munosabatlarini yanada mustahkamlamoqchi

Bugun 4-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev telefon orqali muloqot qildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lumot bo‘lishdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra muloqat chog‘ida O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.

Suhbat avvalida Qozog‘iston Prezidenti Toqayev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Qoraqalpog‘istonda qonunga zid xatti-harakatlarga chek qo‘yish, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha ko‘rilgan qat’iy chora-tadbirlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlagan.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shu jumladan sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, logistika, mahsulotlarni o‘zaro yetkazib berish sohalarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratilgan.

Muloqat chog‘ida shuningdek, Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish nuqtai nazaridan ko‘p tomonlama va mintaqaviy hamkorlik yuzasidan ham fikr almashilgan.



Aloqador xabarlar