Xitoy va Markaziy Osiyo davlat rahbarlari uchrashuvi bo'lib o'tdi

Mamlakatlar yetakchilari Markaziy Osiyo davlatlari va XXR o‘rtasidagi 30 yillik hamkorlik yakunlarini sarhisob qildilar, ko‘p qirrali hamkorlikning dolzarb masalalari va kelgusi istiqbolga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar.

1768588
Xitoy va Markaziy Osiyo davlat rahbarlari uchrashuvi bo'lib o'tdi

 

Kecha, 25-yanvar kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy o'rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan Markaziy Osiyo va Xitoy davlat rahbarlarining videoanjuman shaklidagi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Tadbirda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ham qatnashdi.

Mamlakatlar yetakchilari Markaziy Osiyo davlatlari va XXR o‘rtasidagi 30 yillik hamkorlik yakunlarini sarhisob qildilar, ko‘p qirrali hamkorlikning dolzarb masalalari va kelgusi istiqbolga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar.

Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida soʻnggi 30 yil ichida xalqaro munosabatlarda namuna boʻladigan yaxshi aloqalar rivojlanganligini taʼkidlagan Si Szinpin, ushbu muvaffaqiyatning siri oʻzaro hurmat, yaxshi qoʻshnichilik, ogʻir damlarda hamjihatlik va oʻzaro manfaatga asoslanganligini taʼkidladi.

"Xalqaro sharoitlar qanchalik o'zgarmasin yoki Xitoy qanchalik kuchli bo'lmasin, biz doimo Markaziy Osiyo davlatlari ishonadigan yaxshi qo'shni, hamkor va qardosh davlat bo'lib qolamiz",-deb aytgan Xitoy davlat rahbari.

U mintaqa barqarorligi va rivojlanishini qoʻllab-quvvatlashini alohida ta'kidlagan.

Xitoy Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlarini yanada rivojlantirish va umumiy kelajakni birgalikda qurish istagida ekanligini taʼkidlagan Si Szinpin, mintaqa davlatlarini koronavirusga qarshi vaksina, dori-darmon va epidemiyadan himoya qiluvchi materiallar yetkazib berish bo'yicha qoʻllab-quvvatlashga vaʼda berdi.

U bu yil Markaziy Osiyo davlatlariga 50 million doza vaksina yetkazib berishni ta'kidlab, vaksinalar ishlab chiqish, sinash va ishlab chiqarishda mamlakatlar bilan sheriklikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.

Shuningdek, Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi savdo aylanmasi davlatlar mustaqillikka erishgandan keyin soʻnggi 30 yil ichida 100 barobar oshgani, Pekinning mintaqa mamlakatlariga kiritgan toʻgʻridan-toʻgʻri sarmoyasi esa 14 milliard dollarga yetganini maʼlum qildi.

2013-yilda Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan yigʻilishda Xitoy birinchi marta ilgari surgan “Bir kamar, bir yoʻl” tashabbusi doirasidagi loyihalar Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun kalit ekanligi taʼkidlandi.  Xitoy Markaziy Osiyo mahsulotlari uchun oʻzining yirik bozorini ochishga tayyor, 2030-yilga borib oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini 70 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgani taʼkidlandi.

Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlarini yana-da yaqinlashtirish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Sammit yakunida Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yana-da mustahkamlashning muhim masalalariga doir umumiy yondashuvlar aks ettirilgan Qo‘shma bayonot qabul qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Xitoy , #Markaziy Osiyo

Aloqador xabarlar