Istanbulda o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev Turkiyaning turli universitetlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashdi.

1719413
Istanbulda o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

 

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev kecha 13 oktyabr kuni Turkiyaning turli universitetlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashdi.

Istanbul universitetida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, mazkur oliy ta’lim muassasasi rektori Mahmud Ak, universitet professor va o‘qituvchilari ham ishtirok etdi.

Ochiq muloqot ko‘rinishida bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida ishtirokchilarga bugungi kunda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli o‘zgarishlar, ta’lim sohasidagi islohotlar, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan izchil chora-tadbirlar, ular uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar, O’zbekiston prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan “Vatandoshlar” jamoat fondi doirasida xorijdagi vatandoshlar bilan rejalashtirilgan tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ishtirokchilar O’zbekiston hayotidagi muhim siyosiy voqea - Prezident saylovi kampaniya jarayoni bilan tanishtirildi. Xorijdagi fuqarolarning saylovda to‘laqonli ishtirokini ta’minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xususan, Turkiyada tashkil etilgan saylov uchastkalari va muddatidan oldin ovoz berish nuqtalari  haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Muloqotda Turkiyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar va yosh olimlar bilan birgalikda O‘zbekistonning bugungi taraqqiyoti, boy ma’naviy va madaniy merosini targ‘ib qilish masalalari xususida fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida o’zbek talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston , #Farhod Arziyev

Aloqador xabarlar