Sardor Umurzoqov Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Olgan Bekarni qabul qildi

25 iyun kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Turkiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekarni qabul qildi.

1665823
Sardor Umurzoqov Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Olgan Bekarni qabul qildi

 

Suhbat davomida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika, madaniy-gumanitar hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, shu hafta Turkiya vitse-prezidenti Fuat O‘ktayning O‘zbekistonga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi. Tashrif doirasida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 6-yig‘ilishi hamda O‘zbek-turk biznes-forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu tadbirlar doirasida ikki tomonlama hujjatlarning yirik to‘plamini imzolash rejalashtirilgani va ularning amalda joriy etilishi O‘zbekiston-Turkiya munosabatlari yanada rivojlanishiga yangi turtki berishi ta'kidlandi.

Qo‘shma investitsiya loyihalari va savdo shartnomalarini amalga oshirish bo‘yicha yangi takliflar ishlab chiqishni nazarda tutgan holda kutilayotgan tadbirlar kun tartibini amaliy mazmun bilan to‘ldirish bo‘yicha yaqin hamkorlik qilishga kelishildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston , #Olgan Bekar

Aloqador xabarlar