Olgan Bekar:"Turkiyaning yuragi birodar O‘zbekistonning tinchligi va ravnaqi uchun urmoqda"

Kecha, 23-aprel kuni Turkiyaning O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ishonch yorliqlarini topshirdi. Tantanali marosim yakunida diplomat "Dunyo axborot agentligi savollariga javob berdi.

1627938
Olgan Bekar:"Turkiyaning yuragi birodar O‘zbekistonning tinchligi va ravnaqi uchun urmoqda"

 

Kecha, 23-aprel kuni Turkiyaning O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ishonch yorliqlarini topshirdi. Tantanali marosim yakunida diplomat "Dunyo axborot agentligi savollariga javob berdi.

Olgan Bekar 1969 yil Gulnar shahrida tug‘ilgan. Anqara universiteti siyosatshunoslik fakultetining «xalqaro munosabatlar» mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan. Ushbu oliy o‘quv yurti qoshidagi Turk inqilobi tarixi institutining magistri va Vena (Avstriya) universitetining siyosiy fanlar doktori darajalariga ega.  Ingliz tilida so‘zlashadi.

- Janob elchi, o‘zingiz va diplomatik faoliyatingiz haqida gapirib bersangiz.

 - Turkiya Respublikasining biz ajdodlarimiz vatani deb ataydigan O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlanganim men uchun katta sharafdir. O‘zini diplomatik xizmatga bag‘ishlagan har bir kishi uchun chet elda elchi sifatida o‘z mamlakati nomidan faoliyat yuritish katta g‘ururga sabab bo‘ladi. Boshqa tomondan, turkiyalik diplomatlar uchun bir qancha davlatlar, shu jumladan, O‘zbekiston ham bor-ki, bu yerda elchi bo‘lish oliy darajadagi sharafdir.

Shu ma’noda men o‘zimni juda omadli turk diplomati deb bilaman. Xorijdagi faoliyatimni mamlakatimiz uchun xuddi O‘zbekiston singari muhim bo‘lgan Ozarbayjonda boshlaganman. Keyinchalik mamlakatimizning Myunxendagi (Germaniya) Bosh konsulxonada, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotidagi (YEXHT) doimiy vakolatxonasi rahbarining o‘rinbosari bo‘lib ishladim. O‘zbekiston ham ushbu xalqaro tashkilotga a’zo bo‘lgan. Tashqi ishlar vazirligida Janubiy Afrika bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritganman. 2014 yilda Turkiyaning Somalidagi elchisi etib tayinlandim va u yerda to‘rt yil xizmat qildim. O‘zbekistondagi lavozimga tayinlanishimdan oldin xalqaro hamjamiyat tomonidan diqqat bilan kuzatib borilayotgan Somalida siyosiy barqarorlikka erishish uchun tinchlik muzokaralari bo‘yicha Turkiyaning maxsus vakili bo‘lib ishladim.

 - O‘zbekistonga qanday rejalar bilan keldingiz va O'zbekistondan olgan birinchi taassurotlaringiz qanday bo‘ldi?

 - Turklar O‘zbekistonda o‘zini uyidagidek his qiladi. Garchi mamlakatda ish boshlaganimga ikki oy bo‘layotgan bo‘lsa-da, men o‘zimni tinch, xotirjam va xavfsiz his qilayapman, go‘yoki bu yerda uzoq yillar davomida yashayotgandekman.

Albatta, umumiy tilimiz va madaniyatimiz ta’siri juda katta. Ma’lumki, O‘zbekiston azaldan qadimiy tarixga ega, tili, dini va madaniyati mushtarak mamlakat sifatida turklar qalbida alohida o‘rin egallab kelgan. Ilm-fan taraqqiyotiga ulkan tarixiy hissa qo‘shgan buyuk allomalar tufayli qadimiy Movorounnahr muborak zamini sivilizatsiya markazi hisoblanadi. Bizning mamlakatda bugun ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ma’naviy qadriyatlarning aksariyati ushbu buyuk olimlarning qarashlari bilan uyg‘un. Shuni aytishni istaymanki, mamlakatimizning 84 million aholisining yuragi birodar O‘zbekiston muvaffaqiyati, tinchligi va ravnaqi uchun urmoqda.

Faoliyatim davomidagi eng muhim vazifam mamlakatlarimiz o‘rtasidagi birodarlikni chuqurlashtirish va mustahkamlashga yordam berish bo‘ladi.

- Bugun Siz O‘zbekiston Prezidentiga ishonch yorliqlari topshirdingiz. Ushbu tadbirdan olgan taassurotlaringiz haqida so‘zlab bersangiz.

 - Bugun, albatta, hayotimdagi eng muhim kunlardan biridir. Meni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari qabul qilgani va Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘on Janobi Oliylari yo‘llagan ishonch yorliqlarini topshirganimdan juda baxtiyorman.

Uzoqni ko‘ra biladigan ikki davlat arbobi - Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘on va Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida mamlakatlarimiz zamonaviy chaqiriqlar oldida ishonch bilan olg‘a intilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar nafaqat strategik sherikligimiz va O‘zbekistonning farovon kelajagini kafolatlaydi, balki Markaziy Osiyo mintaqasi hamda undan tashqarida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Turkiya Respublikasi biz uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan mamlakat - O‘zbekiston tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar dasturini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Turkiya , #Olgan Bekar

Aloqador xabarlar