Turk kompaniyasi O'zbekistonda “Urgench City” investitsiya loyihasini amalga oshiradi

Turkiyaning “Unsal Group” kompaniyasi bosh direktori Orxan Unsal boshchiligidagi investorlar O’zbekistonning Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi.

1616421

Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermonov bilan uchrashuvda “Unsal Group” kompaniyasi bilan hududda amalga oshiriladigan qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.

Jumladan, turk kompaniyasi tomonidan viloyat markazida qiymati 100 million dollarga teng bo‘lgan “Urgench City” investitsiya loyihasini amalga oshirish istiqbollari haqida so‘z yuritildi.

Turkiyalik sarmoyadorlar “Urgench City” ishbilarmonlik majmuasi quriladigan hududni ko’zdan kechirdi.

Tanlangan kalimalar: #Xorazm , #O'zbekiston , #Turkiya , #Urgench City

Aloqador xabarlar