Ozarbayjon, Ayvazyanning Tog‘li Qorabog‘ga tashrif uyushtirishiga e’tiroz bildirdi

Ozarbayjon Armaniston Tashqi Ishlar vaziri Ara Ayvazyanning Tog‘li Qorabog‘ga tashrif uyushtirib, arman yetakchilari ekani iddio etilgan kishilar bilan uchrashuv o‘tkazishiga e’tiroz bildirdi.

1558398
Ozarbayjon, Ayvazyanning Tog‘li Qorabog‘ga tashrif uyushtirishiga e’tiroz bildirdi

Ozarbayjon Armaniston Tashqi Ishlar vaziri Ara Ayvazyanning Tog‘li Qorabog‘ga tashrif uyushtirib, arman yetakchilari ekani iddio etilgan kishilar bilan uchrashuv o‘tkazishiga e’tiroz bildirdi.

Ozarbayjon Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko‘ra Ara Ayvazyan tashrifi va Tog‘li Qorabog‘da ba’zi shartnomalarga qo‘l qo‘yishi Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida 10 - noyabrda tasdiqlangan bayonotga zid va to‘qnashuvlarning yakun topishi ortidan mintaqada tinchlik, xavfsizlik va hamkorlikni tashkil etish tashabbuslariga to‘g‘ri kelmaydi.

Bayonotda, 10 - noyabrdagi bayonotda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan imzosining ham borligi yodga solingan holda,  

“Armaniston hukumati bu xususda javobgarchiliklar olgan. Yerevan yetakchiligining bu javobgarchiliklarini paymol qilishi ig‘vogarchilikdir. Ichki jamoatchilik uchun amalga oshirilgan bunday harakatlar, mintaqdagi vaziyatning oddiylashtirilishiga xizmat qilmaydi. Armanistonlik rasmiylar, aslsiz fantaziyalar asosida qadam tashlamasligi, mintaqadagi yangi haqiqatni qabul qilishi lozim. Uch tomonli tasdiqlangan bayonotning yo‘lga qo‘yilishi va mintaqada paydo bo‘lgan yangi xavfsizlik formati shuningdek, hamkorlik imkonlariga tayangan faoliyatlarning boshlatilishi tinch - totuv birgalikda umr surishga hissa qo‘shishi mumkin. Buning aksi, taranglikni orttirish tashabbusidan boshqa hech nima emasdir.”- degan ifodalarga o‘rin berildi.

Armaniston Tashqi Ishlar vaziri Ayvazyan kecha Tog‘li Qorabog‘ga borib, u yerdagi yetakchilar ekani iddio etilgan kishilar bilan uchrashuv o‘tkazgandi.



Aloqador xabarlar