Mesut O'zil Turkiya parlamenti deputati bo‘lmoqchi

U Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdog‘an rahbarlik qilayotgan hukmron Ak partiya nomidan nomzodini qo‘ymoqchi.

1977627
Mesut O'zil Turkiya parlamenti deputati bo‘lmoqchi

 

Madridning "Real" va Londonning "Arsenal" jamoasi sobiq o‘yinchisi Mesut O'zil Turkiyada siyosiy kariyerasini boshlamoqchi.

Bu haqda AZERTAJ agentligi Turkiyenewspaper nashriga tayanib xabar berdi.

Xabarda ta’kidlanishicha, O'zil Turkiya parlamenti deputati bo‘lmoqchi. U Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdog‘an rahbarlik qilayotgan hukmron Ak partiya nomidan nomzodini qo‘ymoqchi.  

O‘tgan oyda Mesut O'zil futbolchilik faoliyatini yakunlashini e’lon qilgan edi.  

34 yoshli mashhur yarim himoyachining so‘nggi jamoasi "Istanbul Bashakshexir" bo‘ldi. Bungacha u "Fenerbaxche", "Arsenal", "Real", "Verder" va "Shalke" jamoalarida to‘p surgan.  

O'zil "Real" tarkibida bir marotabadan Ispaniya chempioni, Kubok va Superkubok egasi bo‘lgan. "Arsenal" jamoasida u 4 marotaba Angliya Kubogini qo‘lga kiritgan va bir marta Superkubok sohibiga aylangan. U shuningdek, Germaniya terma jamoasi tarkibida jahon chempionligini ham qo‘lga kiritgan.  


Tanlangan kalimalar: #Mesut O'zil

Aloqador xabarlar