O'zbekiston yosh futbolchilarni tayyorlash bo'yicha Turkiya tajribasidan foydalanadi

O'zbekiston bosh konsuli Sherzod Abdunazarov Turkiya Futbol federatsiyasi prezidenti Mexmet Buyukekshi bilan muzokara o'tkazdi.

2139015

Muloqot chog'ida Turkiya Futbol federatsiyalari va O'zbekiston Futbol assotsiatsiyasi o'rtasidagi aloqalarni yanada jadallashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

Mexmet Buyukekshi Turkiyaning Antaliya, Izmir shaharlarida o'tkaziladigan xalqaro musobaqalarda o'zbek jamoalarining ishtirok etishi foydadan xoli bo'lmasligini qayd etdi. Uning aytishicha, ushbu turnirlarga jahonga mashhur futbol klublarining seleksionerlari keladi va ular eng iqtidorli futbolchilar bilan shartnoma tuzadi.

Tomonlar, shuningdek, yosh futbolchilarni tayyorlash, turli yoshdagi terma jamoalar o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish, tajriba almashish va murabbiylar malakasini oshirish bo'yicha qo'shma kurslarni uyushtirish to'g'risida kelishib oldilar.

Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar