O'zbekistonlik kurashchilar Antaliya turnirida 5 ta medalni qo'lga kiritdi

Turkiyaning Antaliya shahrida sport kurashlari bo‘yicha poyoniga yetgan “Yasar Dogu & Vehbi Emre” xalqaro turnirida o'zbekistonlik sportchilar 5 ta medalga sazovor bo'lishdi.

2113875

Xabar berganimizdek, xalqaro turnirning dastlabki kunlaridagi bahslarda yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha terma jamoa a’zolari 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, xalqaro turnir yakunida erkin kurashchilar 2 ta bronza medaliga egalik qildi.

Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Behruzbek Turanmuratov 74 kilogrammgacha bo‘lgan og‘irlikda, Bobur Islomov 86 kilogrammlik vaznda 3-o‘rinni band etdi.

10 dan ziyod davlat vakillari ishtirok etgan mazkur xalqaro turnirda O'zbekistonning erkin, yunon-rum va ayollar kurashi vakillarining 30 nafari ishtirok etdi.

Tanlangan kalimalar: #Antaliya , #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar