O'zbek kurashchilar Antalyada shohsupaga ko'tarildi

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqada 1 ta kumush va 4 ta bronza medallarini jamg'ardi.

2113756
O'zbek kurashchilar Antalyada shohsupaga ko'tarildi

 

Turkiyaning Antalya shahrida sport kurashlari bo'yicha xalqaro musobaqa bo'lib o'tdi.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqada 1 ta kumush va 4 ta bronza medallarini jamg'ardi.

Jumladan, yunon-rum kurashida Mahmud Baxshulloyev (-67 kg,) kumush, Abror Atabayev (-67 kg) bronza medalini qo'lga kiritdi. Erkin kurashda  Behruz Turonmuradov (-61 kg), Bobur Islomov (-86 kg), ayollar kurashida esa Shohida Ahmedova (-53 kg) bronza medaliga sazovor bo'lishdi.


Tanlangan kalimalar: #Antaliya , #kurash , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar