Matbuot sharhlari 26.03.2024

Prezident Erdo’g’an Cho’rumdagi nutqida “Turkiyani bo’lginchi terror balosidan qutqargunimizcha kurashimizni davom ettiramiz.

2120185
Matbuot sharhlari 26.03.2024

 

 

 

Yenishafak "Erdo’g'an: Terrorchilarning uylarini vayron qildik"

Prezident Erdo’g’an Cho’rumdagi nutqida “Turkiyani bo’lginchi terror balosidan qutqargunimizcha kurashimizni davom ettiramiz. Biz terrorchilarning uylarini vayron qildik. Bu hujumlarning barchasini Suriyada amalga oshirgan harbiy amaliyotlarimiz bilan qaytardik. “Biz ularning vatanimizni vayron qilish rejalarini barbod qildik dedi.

Star  "TURKSAT 6A uchun ortga hisoblash boshlandi"

Sanoat va texnologiya vaziri Mehmet Fatih Kajir, “Turkiyaning birinchi milliy aloqa sun’iy yo‘ldoshi TURKSAT 6A ni 2024-yil 8-iyul haftasida koinotga yuboramiz.

“Shunday qilib, biz o‘z aloqa sun’iy yo‘ldoshlarini ishlab chiqa oladigan dunyoning 11 davlatidan biri bo‘lamiz”.

Hurriyet “Erso’y: Tadbirlar sonini 6 mingdan ziyodga yetkazamiz”

Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Erso’y, bu yil Turkiya Madaniyat Yo'li Festivalida tadbirlar sonini 6 mingdan ziyodga yetkazishlarini bildirdi.

  "8 oy davomida yoyilgan madaniyat-san'at marafoni bilan Turkiyada festival muhiti yaratamiz. Dunyoda bunga teng keladigan boshqa tashkilot yo'q" dedi.

Vatan "Ishsizlik ko'rsatkichlari oxirgi 10 yil ichida eng past darajada"

Ishsizlar soni 2023-yilda oʻtgan yilga nisbatan 318 ming kishiga kamayib, 3 million 264 ming kishiga yetdi. Ishsizlik darajasi 1 pog'onaga kamayib, 9,4 foizga tushib, so'nggi 10 yildagi eng past ko'rsatkichdir.

Sabah "Dunyoning eng yaxshi futbol shaharlari ro'yxatiga Istanbul ham kirdi"

FourFourTwo jurnali ko'plab parametrlarni o'rganib, dunyoning eng yaxshi futbol shaharlarini tuzdi.

Yevropa, Janubiy Amerika va Afrikadan ko‘plab shaharlar o‘rin olgan ro‘yxatda Istanbul 9-o‘rinni egalladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar