Matbuot sharhlari 19.04.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2129793
Matbuot sharhlari 19.04.2024

                          

Sabah gazetasi: “Erdo’g’an: G’arb bir ovozdan Isroilga “bas qil!” deyishi kerak” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g'an, Isroilni nishonga olgan Eronga qarshi tezkor harakatga tushgan G'arb davlatlarining G'azo bilan bog'liq sukutini tanqid qildi.

“G’arb davlatlarining Eronga qarshi bir ovozdan munosabat bildira olishini ko’rdik. O‘sha aktyorlar endi bir ovozdan Isroilga “to‘xta, bas qil!” deyishlari kerak”, - dedi Erdo’g’an.

 

Star gazetasi: “Kurtulmushdan sionist zulmi qurboni bo'lgan olimlarga taklif” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Parlamenti raisi Numan Kurtulmush sionist zulmiga duch kelgan barcha olimlarga murojaat bilan chiqdi. Kurtulmush, “Har bir olimga Turkiyaning eshigi ochiq” dedi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Turkiya Gretsiyaning harakatiga javob berdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakisning Ioniya va Egey dengizlarida dengiz hududi tashkil etish bo’yicha rejasi Turkiya tomonidan qoralandi. Tashqi ishlar vazirligi xalqaro kelishuvlarga ko‘ra, Gretsiya tomoni Gretsiyaga tegishli bo‘lmagan orol va orollardan foydalanish huquqiga ega emasligini ma’lum qildi.

 

Xabar turk gazetasi: “Istanbul aeroporti 10-o'rinni egalladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Buyuk Britaniyaning “Skytrax” aviatsiya reyting agentligi dunyodagi eng yaxshi aeroportlar ro’yxatini tuzdi. Yo'lovchilar bilan o'tkazilgan so'rovlarga asoslangan ro'yxatda Istanbul aeroporti "World Airports Awards 2024" da 10-o'rinni egalladi.

 

Hurriyat gazetasi: “Mobilefest 2024 yarmarkasiga sanoqli kunlar qoldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, 25-27 aprel kunlari Istanbulda Yevrosiyo mintaqasidagi eng yirik texnologiya yarmarkasi “Mobilefest” bo'lib o'tadi. Bu yilgi “Mobilefest” Communication Technologies yarmarkasi 300dan ortiq brend va 20 mingdan ortiq tashrif buyuruvchiga mezbonlik qiladi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar