Matbuot sharhlari 26.04.2024

Tashqi ishlar vazirligi Chili parlamentining 1915 yil voqealarini "genotsid" sifatida qabul qilganiga munosabat bildirdi. Vazirlik bayonot berdi: "Hech qanday qaror yo'q. Parlamentlarning tarixni sharhlash vakolati yo'q". Deya bildirdi.

2132285
Matbuot sharhlari 26.04.2024

Matbuot sharhlari 26.04.2024

Habertüurk "Tashqi ishlar vazirligidan Chiliga munosabati" '1915 voqealari' haqida.

Tashqi ishlar vazirligi Chili parlamentining 1915 yil voqealarini "genotsid" sifatida qabul qilganiga munosabat bildirdi. Vazirlik bayonot berdi: "Hech qanday qaror yo'q. Parlamentlarning tarixni sharhlash vakolati yo'q". Deya bildirdi.

Star "Turkiya BMGKda chiziq tortdi!"

Turkiyaning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi Doimiy vakili elchi Ahmet Yildiz, terror tashkiloti PKK/YPG va uning bo’lginchi terror dasturiga Suriyaning kelajagida o’rin yo’qligini ma’lum qildi.

Hurriyet gazetasi “Yil boshidan buyon 802 terrorist yo’q qilindi”

Milliy Mudofaa Vazirligi tomonidan qilingan bayonotga ko'ra, Iroq va Suriyaning shimolini o'z ichiga olgan; oxirgi haftada 54 nafar terrorist, 2024-yil 1-yanvardan buyon esa 360 nafari Iroq shimolida, 442 nafari Suriya shimolida boʻlgan 802 nafar terrorist  yo’q qilindi.

Sabah "Yilmaz: Turkiya iqtisodiyoti 14 chorakdan beri uzluksiz o'smoqda"

Vitse-prezident Jevdet Yilmaz, Turkiya iqtisodiyoti global va mintaqaviy qiyinchiliklarga qaramasdan salbiylarni yengganini aytdi.

Uning so'zlariga ko'ra, u 14 chorak davomida doimiy o'sishda davom etdi. Yilmaz, Turkiyaning 2023 yili Yevropa Ittifoqi davlatlari va OECD davlatlari orasida o’sish ko’rsatkichi bo’yicha ikkinchi o’rinda ekanligini ta’kidladi.

Yenishafak "Turkiya vaksina ishlab chiqarish bazasi bo'ladi"

Sog'liqni saqlash vaziri Fahrettin Ko’ja, Turkiyaning "vaksina ishlab chiqarish bazasi" uchun ishlarning jadallik bilan davom etayotganini bildirdi.

"50 ming kvadrat metr yopiq maydonga xizmat qiladigan Gigiena-Turkiya vaktsina va biotexnologik mahsulotlar tadqiqot va ishlab chiqarish markazining birinchi bosqichi qurilishi tez orada yakunlanadi."

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gazetalar , #Matbuot , #Turk

Aloqador xabarlar