Matbuot sharhlari 29.04.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2133271
Matbuot sharhlari 29.04.2024

                               

Sabah gazetasi: Hakan Fidan Falastin bosh vaziri bilan muloqot qildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Falastin Bosh vaziri va Tashqi ishlar vaziri Muhammed Mustafo bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat chog’ida G'azo va G'arbiy Sohildagi vaziyat muhokama qilindi.

 

Hurriyat gazetasi: “Vazir Uralog'lu: Biz kuchimizni birlashtirishda davom ettiramiz” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Uraloʻgʻli, Birlashgan Arab Amirliklari Investitsiyalar vaziri Muhammad Bin Hasan Al Suvaydiy bilan Istanbulda bo’lib o’tgan uchrashuvi haqida, “Kelgusi davrda Birlashgan Arab Amirliklari, Iroq va Qatardagi hamkasblarimiz bilan to'rt tomonlama vazirlar sammiti o'tkazamiz. “Taraqqiyot yoʻli” loyihasidagi hamkorligimizni davom ettiramiz”,- dedi.

 

Star gazetasi: “Meksikalik vazir Markes: Turkiyaning muvaffaqiyati chegarani oshib o’tdi va mamlakatimizga yetib keldi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turk seriallarining Turkiyaga tashrif buyurgan meksikaliklarga katta ta’siri borligini ifoda etgan Meksika Turizm vaziri Miguel Torruko Markes, “Turk liderlar juda muvaffaqiyatli serial va filmlar asosidagi targ’ibotlari bilan katta muvaffaqiyatga erishdi va chegaralarni kesib o’tib, Meksikaga yetib keldi. Turkiyaning do’stligini ko’rsatdi”,-dedi.

 

Vatan gazetasi: “Vazir Bayraktar ma'lum qildi: Suyuqlashtirilgan tabiiy gaz kelishuvi bo’yicha AQSh kompaniyasi bilan muzokaralar olib borildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Energetika va tabiiy manbalar vaziri Alparslan Bayraktar, suyuqlashtirilgan tabiiy gaz kelishuvi uchun Amerika Qo'shma Shtatlari energiya kompaniyasi “Exxon Mobil” bilan muzokaralar olib borilganini ma'lum qildi.

 

Xabar turk gazetasi: “Milliy bokschi Samet Gumush Yevropa chempioni” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Serbiyada o'tkazilgan boks bo'yicha Yevropa chempionatida erkaklar o'rtasida 51 kg vazn toifasida Samet Gumush finalda vengriyalik Atila Bernarthni mag'lub etib oltin medalni qo'lga kiritdi.


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar