Matbuot sharhlari 20.05.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2141565
Matbuot sharhlari 20.05.2024

                                

Xabar turk gazetasi: “Erdo’g’an yoshlar bilan uchrashuv o’tkazdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an 19-may Otaturkni xotirlash, yoshlar va sport bayrami munosabati bilan mamlakatdagi yoshlar bilan uchrashdi. 19-may qullikka qarshi ozodlik ramzi ekanligini ta’kidlagan Prezident Erdo’g’an, Turkiyaning eng katta kuchi va umidi yoshlar ekanini ta’kidladi.

 

Hurriyat gazetasi: “Milliy kurashning ruhi 105 yoshda!” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, 19-may Otaturkni xotirlash, yoshlar va sport bayrami butun mamlakat bo'ylab ko'tarinki ruhda bilan nishonlandi. Fuqarolar Turkiya Respublikasiga asos solgan Mustafo Kamol Otaturkning qabri joylashgan Anitkabir mavzoleyiga tashrif buyurdi. Anitkabir maxsus daftariga o’z dil izxorini yozib imzo chekkan Yoshlar va sport vaziri Usmon Ashkin Bak, “Vatanimizni va bayrog’imizni doimo ulug’lashda davom etamiz”,- dedi.

 

Star gazetasi: “Qora dengizda tabiiy gaz topilgandi, endi neft topildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Energiya va tabiiy manbalar vaziri Alparslan Bayraktar, Qora dengizda tabiiy gaz topilganini, yaqinda yana mintaqadan neft topilgani haqidagi xushxabarni berishi mumkinligini aytdi. “Qora dengizda neft borligini ko‘rsatadigan tadqiqotlar olib borilmoqda. Tez orada yaxshi xabarlarni sizlar bilan baham ko’ramiz, degan umiddaman”,-deydi Vazir Bayraktar.

 

Yeni shafak gazetasi: “Maduro Turkiya bilan bog'liq shartnomani imzoladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro Turkiya bilan imzolangan investitsiya shartnomasini Venesuelada tasdiqlash bo’yicha hujjatni jonli efirda imzoladi. Maduro, “Doʻstim Prezident Rajab Tayyib Erdo’gʻanga cheksiz salomlarimni yetkazaman” dedi.

 

Vatan gazetasi: “Birja Istanbulga xorijdan qiziqish” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Birja Istanbuldagi xorijiy investorlarning ulushi 40 foizga oshdi. Reytingning ortishi va Turkiya iqtisodiyotidagi ijobiy korporativ hisobotlar chet elga bo'lgan qiziqishni yanada oshiradigan ko'rinadi. Indeksda yangi cho'qqilarni sinab ko'rish mumkin.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar