Matbuot sharhlari 24.04.2024

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

2131700
Matbuot sharhlari 24.04.2024

Haber Türk gazetasi: Erdo‘g‘an: PKK, Iroq uchun ham tahdiddir”. Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, PKK/ PYD/ YPG terror tashkiloti Iroq barqarorligi, taraqqiyoti va tinchligi uchun ham tahdiddir. Bu tahdidni yo‘q qilish, Iroqning ham foydasigadir”, - dedi.

Hürriyet gazetasi: Erdo‘g‘an, bolalar bayrami munosabati bilan xalqqa xitob qildi. Prezident Erdo‘g‘an, 23 - aprel Milliy mustaqillik va bolalar bayrami munosabati bilan xalqqa xitob qildi va unda: “Kelajagimiz kafolati bo‘lgan bolalarimizning har bir kuni, bayram quvonchiga to‘la o‘tishini tilab qolaman”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Vatan gazetasi: Turkiya 23 – aprelni tantanali ravishda nishonladi. 23 - aprel Milliy mustaqillik va bolalar bayrami hamda Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) ochilishining 104 - yilligi butun mamlakat bo‘ylab tantanali ravishda nishonlandi. Bolalar 23 -aprel kuni bo‘lib o‘tgan tadbirlarni maroqli o‘tkazdilar. Mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan tadbirlarda rasmiylar o‘z o‘rinlarini bir kunligiga bolalarga topshirdilar. Shaharlar esa bayroqlar bilan bezaldi.

Yeni Şafak gazetasi: Mehmet Shimshek: Turkiyaga bo‘lgan ishonch kuchli. G‘aznachilik va moliya vaziri Mehmet Shimshek Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi investor dasturlarida ishtirok etdi. Mehmet Shimshek, “Bu yig‘ilishlarda Turkiyaning iqtisodiy dasturiga bo‘lgan ishonch kuchli ekaniga yana bir bor guvoh bo‘ldik”. - dedi.

Star gazetasi: Yevropadagi aviatsiya sohasida hokimiyat Turkiya qolidadir. Turkiyaning aviatsiya infratuzilmasiga kiritgan sarmoyalari natijasida Istanbul aeroporti Yevropada eng koʻp qatnov yo‘lga qo‘ygan aeroportga aylandi. O‘tgan 2023 – yili Istanbul aeroportida bir kunda yo‘lga qo‘yilgan qatnov soni o‘rtacha hisob bilan 2022 – yilga nisbatan 19 foizga ortib, 1375 ga yetgan.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar