Matbuot sharhlari 22.03.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2118876
Matbuot sharhlari 22.03.2024

                               

Vatan gazetasi: “Fidan: Isroilning yadroviy ritorikasini e'tiborsiz qoldirib bo'lmaydi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Bryusselda bo'lib o'tgan Yadro Energiyasi bo’yicha 1-sammitida so'zlagan nutqida, "G'azodagi qirg'in davom etar ekan, Isroil rasmiylarining yadroviy qurolga doir bayonotlariga ko’z yumib bo’lmaydi” dedi.

 

Star gazetasi: “Iroq shimolida “xavfsiz hudud” yaratiladi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Milliy Mudofaa Vazirligi manbalari, "Iroq chegarasida xavfsiz hudud yaratib, mamlakatimizga uzoqdan kelayotgan tahdidni oldini olishni, transport va energiya loyihalari bilan mintaqada farovonlikning rivojlanishiga hissa qo'shishni maqsad qilganmiz" dedi.

 

Hurriyat gazetasi: “Anqara mintaqada o’z o’rnini mustahkamlab bormoqda” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning xalqaro maydonda tashlagan qadamlari Gretsiya matbuoti diqqat markazida. Turkiyaning harakatlarini baholagan qo'shni ommaviy axborot vositalari Anqaraning ta'siri kuchayib borayotganiga e'tibor qaratib, "Anqara mintaqada kuchayib bormoqda" deb izoh berdi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Turkiya xorijliklar nigohida” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Ispaniya-Germaniya ko'p millatli Nordex Group kompaniyasining bosh ijrochi direktori Xose Luis Blanko, Turkiyadagi quruqlikdagi shamol elektr stantsiyasiga investitsiya kiritishini ma'lum qilib, "Kelgusi yili Turkiyada 1 gigavatt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini oʻrnatish uchun 1 milliard yevro (35,3 milliard lira) sarmoya kiritishni maqsad qilganmiz” dedi.

 

Xabar turk gazetasi: “Araban sarimsog’i uchun Yevropa Ittifoqidan geografik ko'rsatkich taklifi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Qishloq va o'rmon xo'jaligi vaziri Ibrahim Yumakli, Gaziantepning Araban tekisligida yetishtirilgan Araban sarimsog’i Yevropa Ittifoqida geografik ko'rsatkich ro'yxatidan o'tganini bildirdi. Shunday qilib, Yevropa Ittifoqidan geografik ko'rsatkichlarni olgan mahsulotlar soni 21 taga etdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #gazeta , #matbuot

Aloqador xabarlar