Matbuot sharhlari 28.04.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1630002
Matbuot sharhlari 28.04.2021

Hürriyet gazetasi: TBMM bir ovozdan Baydenning 1915 - yilgi voqealar haqidagi bayonotini qoraladi. Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) kecha Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat rahbari Jo Baydenning 1915 - yilgi voqealarni “qatliom” deb baholashini qoralab, rad etdi. Bu haqida, “AQSh Davlat rahbari Jo Bayden 2021 - yil 24 - aprel kungi bayonoti orqali 1915 - yilgi voqealar haqidagi arman lobbilari iddiolarini o‘z ichiga olgan tezisni himoya qildi. TBMM sifatida buni katta afsus bilan keskin qoralaymiz. Tarixni siyosiy manfaat yuzasidan buzishdan boshqa hech qanday ma’nosi yo‘q bu asossiz iddiolarni keskin rad etamiz”. - deyildi.  

Sabah gazetasi: Omer Chelik Baydenning bayonotiga e’tiroz bildirdi. Adolat va taraqqiyot partiyasi (Ak Parti) Matbuot xizmati kotibi O‘mer Chelik kecha Markaziy qaror va ijroiya kengashi yig‘ilishi ortidan bayonot berdi. Unda Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Davlat rahbari Jo Baydenning 1915 - yilgi voqealarni “qatliom” deb ta’riflashiga e’tiroz bildirdi. O‘mer Chelik bu haqida: “Huquqiy asosga tayanmagan bir vaziyatga duch keldik. Butunlay noto‘g‘ri va rad etiladigan tusdagi bayonotdir”. - dedi.

Vatan gazetasi: Nuri Ersoy, Turizm sohasida emlanish jarayoni may oyining oxirida tamomlanadi. Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Erso‘y bilan Ukraina Madaniyat va axborot siyosati vaziri Aleksandr Tkachenko kecha Antaliyada uchrashuv o‘tkazdi. Nuri Erso‘y, turizm sohasida faoliyat olib borgan fuqarolarni emlash jarayonining may oyi oxirida butunlay tamomlanishini bildirdi. Erso‘y, xavfsiz turizm sertifikatli korxona sonining ham 10 mingdan oshganini qayd etdi.

Star gazetasi: Butunlay mahalliy va milliy... Turkiya qardosh olka qurolli kuchiga topshirdi. Turk mudofaa sanoati tomonidan mahalliy va milliy imkonlar bilan ishlab chiqarilgan tank tashuvchi, Shimoliy Makedoniya Qurolli kuchlariga topshirildi. Shimoliy Makedoniyani Bolqonlarda Turkiya uchun muhim sherik sifatida ko‘rganliklarini ta’kidlagan Turkiyaning Skopye elchisi Hasan Mehmet Sekizko‘k, “Ko‘p qirrali munosabatlarimizni barcha tarmoqda birgalikda rivojlantirish niyatidamiz”. - deya gapirdi.

Haber Türk gazetasi: Suv mahsulotlari boyicha eng kop eksport Niderlandiyaga yolga qoyildi. Turkiya suv mahsulotlari eksporti o‘tgan yili birinchi marotaba 1 milliard dollardan oshdi. O‘tgan yili eng ko‘p eksport 133 million 78 ming dollar bilan Niderlandiyaga yo‘lga qo‘yilar ekan eng ko‘p import 48 million 334 ming dollar bilan Norvegiyadan amalga oshirildi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar