Turkiya Pokiston hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

"Pokistonning Panjob, Balujiston va Xayber Paxtunxva viloyatlarida sodir boʻlgan sel falokatlarida ko'plab insonlarning halok boʻlganidan chuqur qaygʻudamiz",-deyiladi bayonotda.

2129062
Turkiya Pokiston hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

 

Turkiya Pokistonning Panjob, Balujiston va Xayber Paxtunxva viloyatlarida sodir bo'lgan sel falokatlarida ko'plab insonlarning hayotdan ko'z yumganligi munosabati bilan Pokiston hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi.

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi yozma bayonot berdi.

"Pokistonning Panjob, Balujiston va Xayber Paxtunxva viloyatlarida sodir boʻlgan sel falokatlarida ko'plab insonlarning halok boʻlganidan chuqur qaygʻudamiz. Tabiiy ofatlarda halok bo'lganlarni Alloh o'z rahmatiga olgan bo'lsin! Qardosh Pokiston xalqi va hukumatiga chuqur hamdardlik bildiramiz”,-deyiladi bayonotda.

Eslatma: 13 aprel kuni Pokistonning Panjob, Balujiston va Xayber Paxtunxva viloyatlarida boshlangan kuchli yog'ingarchilik oqibatida 63 kishi hayotdan ko'z yumgandi.

Yomg'ir tufayli yuzaga kelgan suv toshqinlarida ko'plab uylar zarar ko'rgan, infratuzilmaga jiddiy zarar yetkazilgan.


Tanlangan kalimalar: #Pokiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar