Turkiya AQSHdagi elchisi va BMTdagi doimiy vakilini almashtirdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g‘an tomonidan imzolangan tegishli qaror juma kuni rasmiy gazetada e’lon qilindi.

2126010
Turkiya AQSHdagi elchisi va BMTdagi doimiy vakilini almashtirdi

 

Turkiya 9 davlatdagi, jumladan AQSHdagi elchilarini, shuningdek mamlakatning BMTdagi doimiy vakilini almashtirdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g‘an tomonidan imzolangan tegishli qaror juma kuni rasmiy gazetada e’lon qilindi.

Endi Turkiyaning Vashingtondagi diplomatik missiyasiga 2023-yil fevraldan beri BMTda doimiy vakillik qilgan sobiq tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sedat O‘nal boshchilik qiladi.

Ayni vaqtda Nyu-Yorkda Sedat O‘nalning bo‘shagan o'rnini tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ahmet Yildiz egallaydi.

Shuningdek, mamlakatning Bolgariya, Gvineya, Chili, Vetnam, Gvatemala, Shri-Lanka, Kosta-Rika va Ekvadordagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ham o‘zgardi.


Tanlangan kalimalar: #BMT , #AQSh , #Turkiya

Aloqador xabarlar