TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda
Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi mamlakatda bo‘lganidek, qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.
2139200
Iroq shimolidagi PKK terror tashkiloti boshpanalaridan qochgan 2 nafar terrorchi, xavfsizlik kuchlariga taslim bo‘ldi.
Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali mavzu haqida berilgan bayonotda:
“Turk Qurolli kuchlarining qarorli amaliyotlari natijasida Iroq shimolidagi boshpanalardan qochgan PKK terror tashkilotiga a’zo 2 nafar terrorchi, Haburdagi Chegara stansiyamizga taslim bo‘ldi. Terrorchilarning yagona chiqish yo‘li, turk adolatiga taslim bo‘lishdir”, - degan ifodalarga o‘rin berildi.