Turkiya moliya vaziri Mehmet Shimshek Bryusselga tashrif buyurdi

Mehmet Shimshek Bryusselga tashrifi doirasida "Turkiya: Yevropa ekotizimida taraqqiyot" nomli tadbirda ishtirok etadi.

2139199
Turkiya moliya vaziri Mehmet Shimshek Bryusselga tashrif buyurdi

 

Turkiya moliya vaziri Mehmet Shimshek Belgiya poytaxti Bryusselga tashrif buyurdi.

Vazir Shimshek Bryusselga tashrifi doirasida "Turkiya: Yevropa ekotizimida taraqqiyot" nomli tadbirda ishtirok etadi. Shuningdek, ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazadi.

Qayd etilishicha, Mehmet Shimshek Yevropa Ittifoqi Iqtisodiyot komissari Paolo Gentiloni, Yevropa Ittifoqi komissiyasining ichki bozor komissari Thierry Breton va Yevropa Ittifoqi komissiyasining Moliyaviy xizmatlar, moliyaviy barqarorlik va kapital bozorlari ittifoqi komissari Mairead McGuinness bilan uchrashadi.

 


Tanlangan kalimalar: #Mehmet Shimshek , #Turkiya

Aloqador xabarlar