TIKA Afg’oniston g’arbida muhtoj oilalarga oziq-ovqat yordami tarqatdi

Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) Afg’oniston g’arbida muhtoj bo’lgan 600 oilaga oziq-ovqat yordami ko’rsatdi.

2124554
TIKA Afg’oniston g’arbida muhtoj oilalarga oziq-ovqat yordami tarqatdi

 

Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) Afg’oniston g’arbida muhtoj bo’lgan 600 oilaga oziq-ovqat yordami ko’rsatdi.

TİKA Hirot idorasi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Afg'onistonda Ramazon oyi doirasidagi yordam faoliyatlari doirasida,  Hirot, Nimruz, Farah va Bodg‘is viloyatlaridagi 600 oilaga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Har bir oilaga 2 oy davomida un, guruch, yog‘, loviya, yashil yasmiq, tomat pastasi, choy, shakar kabi asosiy mahsulotlar yetkazib berildi. Taqsimlashda nogironlar, keksalar va beva ayollarga ustuvor ahamiyat berildi. Ramazon hayitida ham yordamlar davom etishi va 30 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami Ramazon oyida ehtiyojmand oilalarga yetkazilgani bildirildi.

 


Tanlangan kalimalar: #oziq-ovqat yordam , #Afg'oniston , #TİKA

Aloqador xabarlar