Prezident Erdo‘g‘an Isroilning G‘azodagi qatliomlariga e’tibor qaratdi

Prezident Erdo‘g‘an, Istanbuldagi Ataturk nomidagi madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan “Ilm – fanni yoyish mukofotlari” marosimida ishtirok etdi.

2077448
Prezident Erdo‘g‘an Isroilning G‘azodagi qatliomlariga e’tibor qaratdi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, zolim Isroil yetakchiligi davom ettirgan G‘azodagi qatliomlar bilan Quddusdagi bosqinchilik harakatlariga chora ko‘riluvchi kun yaqin ekanini qayd etdi.  

Istanbuldagi Ataturk nomidagi madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan “Ilm – fanni yoyish mukofotlari” marosimida ishtirok etgan Prezident Erdo‘g‘an, unda so‘zlagan nutqida, Falastinda 1947 - yildan beri davom etayotgan voqealar bilan Turkiyaning yaqin tarixida qayd etilgan salbiy tusdagi voqealarga to‘xtaldi.

“1947 - yildagi Falastin bilan bugungi Falastinni solishtirib ko‘ring! Qayerdan qayerga kelib qoldi? Qanday qilib ekspluatsiya qildilar? Jahon sionizmi Falastinda yuz berayotganlarni, bu mahkumlikni, bu chegaralarni qanday shakllantirsalar bugungi kunga kelib ularni yana da kengaytirish payidalar. Bu senariydan Turkiyaning ham o‘z ulushini olganini hech kim inkor etolmaydi”. – degan Erdo‘g‘an Turkiya bugungi kunda kelajagiga demokratiyasi, xavfsizligi, iqtisodiyoti, mudofaasi va diplomatiyasi bilan 20 – 40 yil avvalgiga qaraganda yana – da mustaqil va ishonch ko‘zi bilan qaray olishini ta’kidladi.

Turkiya siyosiy, harbiy va iqtisodiy jihatdan kuch qozongan sari Turkiyadan umid qilganlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi ham ortib borayotganini qayd etgan Prezident Erdo‘g‘an:

“Bugungi kunda ham Islom olami ham da Turk dunyosida o‘tmishga qaraganda yana da farqli, yana da ijobiy tusda va eng muhim jasoratli muhit hukm surmoqda. Qorabogʻning ishgʻoldan ozod etilishi bu muhitni yanada mustahkamladi. Zolim Isroil yetakchiligi G‘arb davlatlaridan olgan yordam asosida davom ettirgan Gʻazodagi qatliomlar bilan Quddusdagi bosqinchilik harakatlariga chora ko‘riluvchi kunlar ham Xudo xohlasa yaqindir. Hech tashvishlanmang”. – deya gapirdi.

 

 



Aloqador xabarlar