Nyu-Yorkda Turkiya bayrog'i hilpiradi

AQShning Nyu-York shahrida iqtisodiyotning yuragi bo’lgan Wall Street tumanida an’anaviy Turk bayrog’ini ko’tarish marosimi bo’lib o’tdi.

2141045
Nyu-Yorkda Turkiya bayrog'i hilpiradi

 

Amerika Qo'shma Shtatlarida (AQSh) 19-may Otaturkni xotirlash, Yoshlik va sport bayrami nishonlandi.

AQShning Nyu-York shahrida iqtisodiyotning yuragi bo’lgan Wall Street tumanida an’anaviy Turk bayrog’ini ko’tarish marosimi bo’lib o’tdi.

Turklar Amerika Turk uyushmalari federatsiyasi va Nyu York Bosh konsulligi tomonidan uyushtirilgan 19-may bayrami uchun Bowling Green Parkda yig'ildi.

Shahidlar uchun bir daqiqalik sukutdan so‘ng Davlat madhiyasi yangradi.

Marosimda Turkiyaning Vashingtondagi elchisi Sedat O’nal, Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili Ahmet Yildiz, Nyu-York Bosh konsuli Reyhan O’zg’ur va rasmiylar ham ishtirok etdi.

Marosimda AQShda yashovchi turklar ham chiqish qildi. Turk talabalari she’rlar o‘qishdi.

Nyu-York politsiya departamentida faoliyat yuritayotgan turk politsiya xodimlari ham xavfsizlikni ta'minladilar, ham 19-may Yoshlik va sport bayrami shijoatini baham ko'rdilar.

Marosim so‘ngida Uoll-strit hududida Turkiya bayrog‘i ko‘tarildi.

 



Aloqador xabarlar