Afg'onistondagi toshqin qurbonlari uchun Turkiyadan insonparvarlik yordam yetib keldi

Afg'onistondagi toshqin qurbonlari uchun Turkiyadan yuborilgan 24 tonnalik insonparvarlik yordami Mozori Sharif aeroportiga yetib keldi.

2141039
Afg'onistondagi toshqin qurbonlari uchun Turkiyadan insonparvarlik yordam yetib keldi

 

Afg'onistondagi toshqin qurbonlari uchun Turkiyadan yuborilgan 24 tonnalik insonparvarlik yordami Mozori Sharif aeroportiga yetib keldi.

Turk Qizil Yarim Oy jamiyati bilan Tabiiy ofat va Favqulodda Vaziyatlarni Boshqarish Boshqaruvi (AFAD) tomonidan tayyorlangan yordam tashuvchi Turk Havo kuchlariga tegishli harbiy yuk samolyoti,  Afg‘oniston shimolidagi Mozori Sharif aeroportiga qo‘ndi.

Yordam 2 ming adyol, 14 ming 300 kilogramm oziq-ovqat va 7 tonna dori-darmondan iborat.

Turkiyadan yuborilgan yordam keyingi kunlarda toshqindan eng ko'p zarar ko'rgan Bag'lan, Tahar va Badaxshon viloyatlarida seldan zarar ko'rgan afg'on oilalariga tarqatiladi.

10-11 may kunlari sodir bo‘lgan haddan tashqari yog‘ingarchilik va suv toshqinlari tufayli eng ko‘p zarar Badaxshon, Tahar va Bag‘lon viloyatlarining 21 tumanida kuzatildi.

Suv toshqinlari oqibatida 300 dan ortiq odam halok bo‘ldi.

Afg'onistonda qish oylarida havo isishi bilan yog'gan qorning erishi, kuchli yomg'ir va infratuzilmaning etarli darajada yo'qligi natijasida sodir bo'lgan suv toshqinlari odamlarning hayoti va mol-mulkini yo'qotishiga sabab bo'lmoqda. Shu sababli mamlakatda har yili yuzlab odamlar hayotdan ko'z yumadi.

Afg'onistonda vaqti-vaqti bilan sodir bo'lgan tabiiy ofatlar ortidan Turk Qizil Yarim oy,  Turk Hamkorlik va Koordinatsiya Agentligi (TIKA) va AFAD kabi turk tashkilotlari jabrlangan oilalarga yordam loyihalarini amalga oshirmoqda.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar