Erdo‘g‘an yurtdoshlarini G‘alaba bayrami bilan tabrikladi

Bundan roppa - rosa 101 yil muqaddam yani 1922 - yili Turk armiyasi Ozodlik kurashida g‘alabaga erishdi va bu g‘alaba Mustaqil Turkiya Respublikasining tashkil topishiga imkon yaratdi.

2030900
Erdo‘g‘an yurtdoshlarini G‘alaba bayrami bilan tabrikladi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an 30 - avgustdagi Bosh qo‘mondonlik jangini, turk xalqi asrlardan beri davom ettirib kelgan omon qolish kurashining eng muhim burilish nuqtalaridan biri deb baholadi.

Prezident Erdo‘g‘an yurtdoshlarni, 30 - avgust G‘alaba bayramining 101 - yilligi munosabati bilan tabrikladi.

30 - avgustdagi Bosh qo‘mondonlik jangini, turk xalqi asrlardan beri davom ettirib kelgan omon qolish kurashining eng muhim burilish nuqtalaridan biri deb baholagan Erdo‘g‘an:

“G‘oziy Mustafa Kemal Ataturkning ifodasi bilan 30 - avgust g‘alabasi, turk armiyasining oliy qudrati va qahramonligini tarixda yana bir bor namoyon etgan buyuk asardir”. – dedi.

“Turk xalqining ozodlik va mustaqillik g‘oyasining o‘lmas yodgorligi” bo‘lgan bu g‘alaba orqali xalq o‘z irodasini bo‘ysundirmasligi, istiqlol va istiqbol kelajagiga soya tushurmasligini butun dunyoga e’lon qilganini ta’kidlagan Erdo‘g‘an:

“Xalqimiz eng muhim fazilati hisoblangan ozodlik muhabbatini, bugun ham kuchli ravishda davom ettirmoqda. 15 – iyul (2016-yildagi FETO to‘ntarish tashabbusi) tashabbusi oldida namoyish etilgan dostondek kurashi bosh bo‘lish bilan birga oxirgi yillarda borligimizni nishonga olgan hujumlarga qarshi xalqimiz bergan javob, bu irodaning qanchalik jonli va sog‘lom ekanini qayta – qayta yaqqon ko‘rsatdi”. – deya gapirdi.   

Erdo‘g‘an:

“Kelasi davrda biz tashlaydigan yangi qadamlar yurtimiz kuchiga – kuch qo‘shadi. Turkiyani, zamonaviy sivilizatsiyalar darajasining cho‘qqisiga olib chiqamiz”. - dedi.

Erdo‘g‘an o‘z so‘zida, Respublika asoschisi, Buyuk Hujum Bosh Qo‘mondoni G‘oziy Mustafa Kemal va quroldoshlarini minnatdorchilik bilan yodga olib:

“Barcha shahid va g‘oziylarimizga Ollohdan rahmat tilayman. 30-avgust G‘alaba bayrami muborak bo‘lsin!” – degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar