TIKA tomonidan Yamanda gumanitar yordam safarbarligi...

Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi TIKA tomonidan Yamanda jami 15000 kishiga iftor berildi va 1000 oilaga oziq-ovqat mahsuloti tarqatildi.

987274

TIKA bu haqda yozma bayonot berdi.

“Bu yil ramazon oyida Yamanda 15000 kishiga iftor berildi va ming oilaga gumanitar yordam tarqatildi”,-deyiladi bayonotda.

Yamanda ramazon oyi munosabati bilan gumanitar yordam safarbarligi doirasida kunda kamida 500 kishiga iftorlik berilmoqda.

Ramazon oyining birinchi kunidan e’tiboran, Aden va Lahich viloyatlariga qarashli chekka hududlardagi qishloqlar, qochqin lagerlari, urush jabrlanuvchilari hamda kimsasiz oilalar va yetimxonalarga yordam tarqatilmoqda.

Ramazonning oxirgi 3 kunida esa, TIKA tomonidan 300 oilaga go’sht tarqatiladi.

Tanlangan kalimalar: #TIKA , #Turkiya , #gumanitar yordam , #ramazon , #iftor

Aloqador xabarlar