Prezident Erdo’g’an, Somali Prezidenti Hasan Shayx Mahmud bilan qo’shma matbuoti anjuman uyushtirdi

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, Turkiyaning Somaliga oxirgi 10 yilda bergan insonparvarlik va taraqqiyot yordami miqdori 1 milliard dollardan oshganini aytdi. Mahmudni Prezident majmuida rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng, yakkama-y

1852894
Prezident Erdo’g’an, Somali Prezidenti Hasan Shayx Mahmud bilan qo’shma matbuoti anjuman uyushtirdi
erdogan somali.jpg
Hasan Seyh Mahmud-Erdogan.jpg
Hasan Seyh Mahmud-Erdogan1.jpg

Prezident Rajab Tayyib Erdo’g’an, Turkiyaning Somaliga oxirgi 10 yilda bergan insonparvarlik va taraqqiyot yordami miqdori 1 milliard dollardan oshganini aytdi.

Mahmudni Prezident majmuida rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shundan so‘ng, yakkama-yakka va delegatsiyalararo uchrashuvlar hamda bitimlarni imzolash marosimidan so‘ng qo‘shma matbuot anjumani o‘tkazildi.

Somalining xalqaro hamjamiyat ta’kidlaganidek 2011-yilda qulash nuqtasiga kelganiga e’tibor qaratgan Erdog’an, o’sha yili keng qamrovli bir delegatsiya bilan Somaliga tashrif buyurganliklarini va Somali tomonida ekanliklarini bildirganliklarini aytdi.

Ushbu ziyorat munosabati bilan Turkiyaning Mogadishu elchixonasini ochganliklarini eslatgan Erdog'an, Turkiyaning eng katta elchixona binosi Somalida ekanligini aytdi.

Somalini sog'liqni saqlashdan ta'limga, infratuzilmadan tortib salohiyatni rivojlantirishga qadar har sohada qo'llab-quvvatlashni davom ettirganliklarini ifoda etgan Erdo'g'an:

"Somaliga so'nggi 10 yilda bergan insonparvarlik va taraqqiyot yordami miqdori 1 milliard dollardan oshdi. Bugun Somalining ko'plab sohalarda, ayniqsa xavfsizlik va iqtisodda sezilarli yutuqlarga erishganini ko'rishdan mamnunman". u aytdi.

Somali Prezidenti bilan bo’lgan uchrashuvlarida Turkiya-Somali munosabatlarini batafsil muhokama qilganliklarini ifoda etgan Erdog’an, turli sohalarda hamkorlikni oshirish va munosabatlarning shartnoma asosini mustahkamlash borasida kelishib olganliklarini ta’kidladi.

Uchrashuvlarda mintaqaviy masalalarni ham muhokama qilib, butun Afrika shoxi uchun Somalining barqarorligi va xavfsizligining ahamiyatini ta’kidlaganliklarini ifoda etgan Erdog’an, Turkiyaning Somalining barqarorligi va xavfsizligi va terrorga qarshi kurashiga hissa qo’shishda davom etishdagi qat’iyligini yana bir bor takrorladi.

Mahmud, uchrashuvlari doirasida Isparta shahrida ta'lim olgan Somalilik askarlarni, so'ngra Turkiya Respublikasining asoschisi Gazi Mustafo Kamol Otaturkning jasadi joylashgan Anqaradagi Anitkabirni ziyorat qildi.

 



Aloqador xabarlar