TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi mamlakatda bo‘lganidek, qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

2132129
TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlari tomomidan Iroq va Suriya shimolida olib borilgan amaliyotlar natijasida oxirgi bir haftada 54 terrorist ta’sirsiz holga keltirildi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan uyushtirilgan yig‘ilishda mavzu haqida ma’lumot berildi.

Unda oxirgi bir haftada 54 nafar, 1 – yanvardan e’tibordan esa Iroq shimolida 360, Suriya shimolida esa 442 nafar jami 802 nafar terrorist ta’sirsiz holga keltirilgani bildirildi.

Qarorli amaliyotlar natijasida Iroq shimolidagi boshpanlardan qochgan PKK terror tashkilotiga a’zo 2 terrorist, 21 – aprel kuni Haburdagi chegara postida taslim bo‘lgani qayd etildi.

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning Iroqqa uyushtirgan tashriflari ham terrorga qarshi kurash hamkorligini tezlashtirdi.

Milliy Mudofaa vazirligi manbalarining xabar berishicha, Iroq bilan “Xavfsizlik uchun mushtarak koordinatsiya markazi” asoslarini belgilashni qo‘lga olgan uchrashuvlar davom etadi.

Turkiya, chegara xavfsizligi tizimlari jihatidan ham Iroqni qo‘llab – quvvatlaydi.



Aloqador xabarlar