Erdo‘g‘an: Isroil urushni o‘zining siyosiy kelajagi uchun butun mintaqaga yoyishga urinmoqda

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an poytaxt Anqarada Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenovni qabul qildi.

2132300
Erdo‘g‘an: Isroil urushni o‘zining siyosiy kelajagi uchun butun mintaqaga yoyishga urinmoqda

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning qayd etishicha, Isroil yetakchiligi urushni o‘zining siyosiy kelajagi uchun butun mintaqaga yoyishga urinmoqda.

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an poytaxt Anqarada Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenovni qabul qildi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra mazkur qabul chog‘ida, Turkiya bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlar, mintaqaviy va global muammolar hamda Isroil tomonidan G‘azoga qarshi uyushtirilgan hujumlar bilan mintaqadagi oxirgi vaziyat qo‘lga olindi.

Prezident Erdo‘g‘an unda Isroil yetakchiligi urushni o‘zining siyosiy kelajagi uchun butun mintaqaga yoyishga urinayotgani, shunday ekan eng avvalo tezlik bilan otashkesim yo‘lga qo‘yilishi zarurligi, G‘azodagi tinch aholiga insonparvarlik yordami yetkazib berilishi uchun Turk Davlatlari Tashkiloti yana – da keng ko‘lamli hamkorlik yuritishi mumkinligini qayd etdi.

Erdo‘g‘an o‘z so‘zida Qozog‘iston bilan terrorizmga qarshi kurash, iqtisodiyot va ayniqsa mudofaa sanoati sohasidagi aloqalarni rivojlantirish muhim ekanini ham ta’kidladi.

 



Aloqador xabarlar