Shentop,Polsha bilan ko'p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istagida ekanliklarini bildirdi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) Raisi Mustafo Shentop, Polsha bilan har sohada ikki tomonlama va ko'p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istagida ekanliklarini bildirdi.

1742019
Shentop,Polsha bilan ko'p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istagida ekanliklarini bildirdi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) Raisi Mustafo Shentop, Polsha bilan har sohada ikki tomonlama va ko'p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istagida ekanliklarini bildirdi.

Mustafo Shento’p, Polsha uchrashuvlari doirasida Polsha Senati Raisi Tomas Grodzki bilan uchrashdi.

Shento’p, do'st va ittifoqchi Polshada bo'lishdan xursand ekanligini bildirdi.

"Turkiya va Polsha 6 asrdan ortiq diplomatik aloqalarga ega ikki doʻst va ittifoqchi davlatdir. Mamlakatlarimiz oʻrtasida mustahkam gumanitar aloqalar, namunali hamjihatlik mavjud.

Tarixda bunday uzoq muddatli va shiddatli munosabatlarga ega boʻlgan davlatlar koʻp emas". dedi.

Shento’p, 2009-yilda strategik sheriklik darajasiga erishgan munosabatlarning ijobiy siljishi va oxirgi paytlarda oliy darajadagi muloqotlar natijasida erishilgan jadallik quvonarli ekanini qayd etdi.

– Polsha bilan barcha sohalarda ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorligimiz hamda parlamentlararo hamkorligimizni yanada rivojlantirishni xohlaymiz. dedi.

Mustafo Shento’p Polshaga Turkiyaning Yevropa Ittifoqi (YI) a'zolik jarayonini qo'llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Senat rahbari Grodzki, Turkiya bilan Polsha o'rtasida har sohada hamkorlik salohiyati mavjudligiga diqqat qaratdi va Turkiyaning turizm nuqtai nazaridan polyaklarning birinchi tanlovi ekanini ta'kidladi.

Shento’p va hamrohlari Varshavaning Pilsudski maydonidagi Noma'lum askar haykali poyiga gulchambarlar qo'ydi. Shento’p shu yerda yodgorlik kitobiga imzo chekdi va yodgorlik haqida ma'lumot oldi.

Shento’p va hamrohlari Varshava qirollik saroyini ham ziyorat qildi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ziyorat , #Polsha , #Mustaf Shento'p , #Turkiya

Aloqador xabarlar