Prezident Erdoʻgʻan Nigeriyada

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan amaliy tashrif bilan Nigeriyada.

1722293
Prezident Erdoʻgʻan Nigeriyada

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan Afrikaga boʻlgan tashrifining uchinchi va oxirgi bekati Nigeriyada.

Prezident Erdoʻgʻanni Abujadagi “Nnamdi Azikve” xalqaro aeroportida Nigeriya Tashqi ishlar vaziri Jeffri Oneama, Federal poytaxt vaziri Muhammad Musa Bello, Nigeriyaning Anqaradagi elchisi Ismail Yusuf Abba va Turkiyaning Abujadagi elchisi Hidayet Bayraktar qarshi oldi.

Uchrashuvlari bugun boshlaydigan Prezident Erdoʻgʻan Nigeriya Prezidenti Muhammad Buxoriy tomonidan Prezidentlik saroyida rasmiy marosim bilan kutib olinadi. Oʻzaro va hay’atlaro uchrashuv oʻtkazadigan Erdoʻgʻan bilan Buxoriy, kelishuvlarning imzolanish marosimida ishtirok etib ortidan matbuot anjumani uyushtiradi.

Prezident Erdoʻgʻanning nigeriyalik hamkasbi Buxoriy tomonidan sharafiga beriladigan rasmiy tushlikda qatnashishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Nigeriya , #Prezident Erdoʻgʻan

Aloqador xabarlar