Turkiya vitse-prezidenti Fuat O’ktay bugun Qirg’izistonga safar qiladi

Fuat O’ktay Turkiya-Qirg’iziston qo’shma iqtisodiy komissiyasi yig’ilishida ishtirok etadi. Shuningdek, Qirg’iziston prezidenti Sadir Japarov tomonidan qabul qilinadi.

1704928
Turkiya vitse-prezidenti Fuat O’ktay bugun Qirg’izistonga safar qiladi

 

Turkiya vitse-prezidenti Fuat O’ktay boshchiligidagi delegatsiya bugun, 9 sentyabr kuni Turkiya-Qirg’iziston qo’shma iqtisodiy komissiyasi yig’ilishida ishtirok etish maqsadida Bishkekka jo’nab ketadi.

Mazkur ziyorat 9-10-11 sentyabr kunlarini o’z ichiga oladi.

Ma’lumotga ko’ra, Fuat O’ktay yig’ilish oldidan Qirg’izistonda faoliyat ko’rsatayotgan turk kompaniyalari yetakchilari bilan uchrashishi rejalangan.

Fuat O’ktay mamlakatga tashrifi doirasida Qirg’iziston vazirlar kengashi rahbari va Turkiya-Qirg’iziston qo’shma iqtisodiy komissiyasi yetakchisi Ulug’bek Maripov bilan uchrashadi. Uchrashuvdan so’ng, ikki davlat o’rtasida savdo, sanoat, akreditatsiya, energetika, transport, qishloq va o’rmon ho’jaligi hamda turizm sohalarida hamkorlik bo’yicha hujjatlar to’plami imzolanadi.

Hujjatlar to’plamini imzolash marosimidan so’ng, qo’shma matbuot anjumani o’tkaziladi.

U shuningdek, Qirg’izistonda insho etilgan Maorif ta’lim kompleksining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

Fuat O’ktay Qirg’iziston prezidenti Sadir Japarov tomonidan qabul qilinadi. Bishkekda Fuat O’ktay sharafiga rasmiy ziyorat beriladi.


Tanlangan kalimalar: #Qirg'iziston , #Fuat O'ktay , #Turkiya

Aloqador xabarlar