Turkiya Yevropa ittifoqining Kipr masalasiga boʻlgan munosabatini tanqid qildi

Turkiya Yevropa ittifoqining Kipr masalasiga boʻlgan munosabatini tanqid qildi va uni, "Yevropa ittifoqi Kipr masalasida haqiqatdan uzoq". - degan soʻzlar bilan yetkazdi.

1678264
Turkiya Yevropa ittifoqining Kipr masalasiga boʻlgan munosabatini tanqid qildi

Turkiya Yevropa ittifoqini Kipr masalasida, haqiqatdan uzoqligini tanqid qildi.

Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Tanju Bilgich, Yevropa ittifoqining tashqi aloqalar va xavfsizlik siyosati boʻyicha oliy vakili va Yevropa ittifoqi komissiyasi rahbari oʻrinbosari Josep Borrellning Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻanning Shimoliy Kipr Respublikasiga (ShKTR) boʻlgan tashrifi ortidan bergan bayonotini,

“Bayonot, Yevropa ittifoqining Kipr masalasida haqiqatdan qanchalik uzoqligini koʻrsatuvchi yangi dalil hisoblanadi”. - degan soʻzlar bilan yetkazdi.

Bilgich, Borrellning takror ochilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan Marash haqidagi bayonoti ustidan berilgan savolga yozma ravishda javob berdi.

Nomi tilga olingan bayonotning, Yevropa ittifoqi birdamligi nomidan berilgani va yoʻq hukmida ekanini ifoda etgan Bilgich oʻz soʻzini:

“Borrelning Hurmatli Prezidentimizning ShKTRga boʻlgan tashrifi ortidan bergan bayonoti, Yevropa ittifoqining Kipr masalasida haqiqatdan qanchalik uzoq ekanini koʻrsatuvchi yangi dalildir. Faqat Yevropa ittifoqi birdamligi nomidan berilgan va biz uchun yoʻq hukmidagi bu bayonot Yevropa ittifoqi tarkibida veto qoʻyish haqqini yomonlikka ishlatgan Kiprnnig grek tomoni bilan Gretsiya kotibligi va advokatligi vazifasini bajarishdan boshqa narsa emasdir. Yevropa ittifoqi bu munosabati orqali Kipr muammosini hal qilishda biron bir ijobiy tusda rol oʻynashi imkonsiz”. - degan ifodalar bilan davom ettirdi.  

Turkiyaning, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi tomonidan Marash boʻyicha qabul qilingan qarorlarni toʻliq qoʻllab-quvvatlashini ta’kidlagan Bilgich:

“Ushbu qarorlar Marashdagi mulk egalari huquqini ham himoya qilishni koʻzda tutmoqda. Hurmatli Prezidentimiz ham ta’kidlab oʻtganidek, bu qarorlar yangi shikoyatlar tugʻdirmaydi balki eski shikoyatlarni bartaraf qiladi”. - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Bilgicha soʻzlari yakunida Yevropa ittifoqini Kiprdagi haqiqatlarni koʻrishga va kiprlik turklar bilan ular huquqini koʻrmaslikka olish siyosatini bas qilishga chaqirdi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar