Turkiyada koronavirusga qarshi emlanganlar soni 44 mlndan oshdi

Shu kunlarda mamlakat miqyosida 25 yoshdan kattalar koronavirusga qarshi emlandi, ertadan boshlab 18 yoshga to’lgan fuqarolarni emlash boshlanadi.

1663860
Turkiyada koronavirusga qarshi emlanganlar soni 44 mlndan oshdi

 

Turkiyada koronavirusga qarshi vaksinatsiya jarayoni jadallik bilan olib borilmoqda.

Shu kungacha mamlakat miqyosida koronavirusga qarshi emlanganlar soni 44 mlndan oshdi.

Turkiya Sog’liqni saqlash vazirligining "covid19asi.saglik.gov.tr" saytida o'rin olgan so'nggi ma'lumotlarga ko'ra, bugun, 24 iyun mahalliy vaqt bilan soat 08:37 holatiga ko’ra, mamlakat miqyosida vaksina qabul qilganlarning umumiy soni 44 mln 656 ming 343 nafarni tashkil qilmoqda. Ulardan birinchi dozani qabul qilganlar soni 30 mln 1 ming 963 nafar, ikkinchi dozani qabul qilganlar soni esa 14 mln 654 ming 380 nafarni tashkil qilmoqda.

Shu kunlarda mamlakat miqyosida 25 yoshdan kattalar koronavirusga qarshi emlandi, ertadan boshlab 18 yoshga to’lgan fuqarolarni emlash boshlanadi.

Odatda kollektiv immunitet shakllanishi uchun aholining 70 foizi vaksina olishi shart. Shu sababli Turkiyada bir sutkada 1.5 mlndan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlanmoqda.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #vaksina , #Turkiya

Aloqador xabarlar