Erdo‘g‘an Turkiyasiz YI rejalarining qanday natija berishi mumkinligiga e’tibor qaratdi

Erdo‘g‘an Antaliyada uyushtirilgan “Janubi-Sharqiy Yevropa mamlakatlari hamkorlik jarayoni sammitida” ishtirok etdi.

1660069
Erdo‘g‘an Turkiyasiz YI rejalarining qanday natija berishi mumkinligiga e’tibor qaratdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an,

“Tarkibida Turkiya to‘laqonli a’zo sifatida o‘rin olmagan Yevropa ittifoqining, o‘ziga jalb qilish va kuch markaziga aylanish rejalarining amalga oshishi imkonsiz”. - dedi.

Erdo‘g‘an Antaliyada uyushtirilgan “Janubi-Sharqiy Yevropa mamlakatlari hamkorlik jarayoni sammitida” ishtirok etdi.

Rajap Tayyip Erdo‘g‘an unda so‘zlagan nutqida, tarkibida Turkiya to‘laqonli a’zo sifatida o‘rin olmagan Yevropa ittifoqining, o‘ziga jalb qilish va kuch markaziga aylanish rejalarining amalga oshishi imkonsizligini ifoda etdi.

Prezident,

“Biz duch kelgan barcha adolatsizliklarga qaramay, yarim asrdan beri qat’iy qaror va sabr-toqat bilan davom ettirgan to‘laqonli a’zo bo‘lish haqidagi kurashimizning bundan buyon natijalarini talab qilamiz. Ittifoq duch kelgan strategik ko‘rlikdan imkon qadar tezroq xalos bo‘lishini va ijobiy kun tartibi doirasida ittifoq tarkibiga qo‘shilish jarayonining ilgarilatilishi kutyapmiz”. - deya gapirdi.

Erdo‘g‘an o‘z so‘zini quyidagicha tamomladi:

“Janubi-Sharqiy Yevropa mamlakatlari sifatida biz noqonuniy migratsiya oqimlarida yuz bergan voqealarni yuqoridan tomosha qilib o‘tirolmaymiz. Dunyo miqyosida avj olib borayotgan irqchilik, islomofobiya va muhojirlarga bo‘lgan qarshilik borgan sari milliy xavfsizlik masalasiga aylanib bormoqda”.

 



Aloqador xabarlar