Erdo'g'an Malayziyaning sobiq bosh vaziri bilan muloqot qildi

Tomonlar xalqaro siyosiy masalalari bo'yicha fikr almashdilar. Ular Sharqiy Quddusdagi vaziyatning keskin tus olishi munosabati bilan chuqur xavotirda ekanliklarini bildirdilar.

1639063
Erdo'g'an Malayziyaning sobiq bosh vaziri bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Malayziyaning sobiq bosh vaziri Muhathir Muhammad bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezident matbuot xizmati xabar berishicha, tomonlar suhbat avvalida Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutladilar. Ushbu muqaddas ayyomning barcha musulmonlar uchun alohida ahamiyatga ega ekanini qayd etib, do'st Turkiya va Malayziya xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor qildilar.

Yetakchilar shuningdek, xalqaro siyosiy masalalari bo'yicha fikr almashdilar. Ular Sharqiy Quddusdagi vaziyatning keskin tus olishi munosabati bilan chuqur xavotirda ekanliklarini bildirdilar.

Falastin-Isroil muammosi xalqaro huquq normalariga muvofiq tinch yo‘l bilan hal etilishi lozimligi qayd etildi. 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Malayziya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar