Chavusho‘g‘lu: Xitoy bilan munosabatimizni strategik sheriklik darajasiga chiqarishni xohlaymiz

Mevlut Chavusho‘g‘lu Xitoy Tashqi Ishlar vaziri Van I bilan poytaxt Anqarada uchrashdi.

1608530
Chavusho‘g‘lu: Xitoy bilan munosabatimizni strategik sheriklik darajasiga chiqarishni xohlaymiz

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, Turkiya - Xitoy munosabatlarini keng ko‘lamli strategik sheriklik darajasiga olib chiqish niyatida ekanliklarini qayd etdi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu Xitoy Tashqi Ishlar vaziri Van I bilan poytaxt Anqarada uchrashdi.

Chavusho‘g‘lu bilan Van, Tashqi Ishlar vazirligida ham o‘zaro ham da hay’atlararo uchrashuvlar amalga oshirdi.

Hay’atlararo uchrashuv oldidan qisqacha nutq so‘zlagan Chavusho‘g‘lu, Xitoy Davlat rahbari Si Szinpinning Turkiyaga tashrif uyushtirishidan xursand bo‘lishlari va bu orqali munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga chiqarish istagida ekanliklarini ifoda etdi.

Chavusho‘g‘lu, Tashqi Ishlar vazirlari Maslahatlar mexanizmi yig‘ilishining ham keyinchalik keng ko‘lamli uyushtirilishini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

Chavusho‘g‘lu bilan Van ortidan, yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) ga qarshi kurash vaksinasi sohasida Turkiya va Xitoy hamkorligini aks ettirgan fotosurat ko‘rgazmasini tomosha qildi.

Van I, Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an tomonidan ham qabul qilinadi.



Aloqador xabarlar