Prezident: "Yurtimizda xalqaro sarmoya kirishlarining ortganiga guvoh bo‘lyapmiz".

Prezident Erdo‘g‘an videokonferensiya orqali, Xalqaro hamkorlik platformasi tomonidan uyushtirilgan navbatdagi Bo‘g‘ozichi sammitida ishtirok etdi.

1597140
Prezident: "Yurtimizda xalqaro sarmoya kirishlarining ortganiga guvoh bo‘lyapmiz".

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, oxirgi vaqtlarda Turkiyada xalqaro sarmoya kirishlarining ortganini qayd etdi.

Prezident Erdo‘g‘an videokonferensiya orqali, Xalqaro hamkorlik platformasi tomonidan uyushtirilgan navbatdagi Bo‘g‘ozichi sammitida ishtirok etdi.

Rajap Tayyip Erdo‘g‘an unda Turkiya yo‘lga qo‘ygan iqtisodiy va ijtimoiy siyosatlar orqali yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasining birinchi yilini eng kam ziyon bilan yengib o‘tgan kamdan - kam davlatlardan biri ekanini bildirdi.

Erdo‘g‘an:

“Sog‘likni saqlash tarmog‘i infratuzilmamizning kuchi orqali barcha fuqaromizga testdan davolash ishlarigacha, har qanday tibbiy xizmatni bepul berdik. Eng murakkab kunlarda dunyoning 157 davlati va 12 xalqaro tashkilotini tibbiy jihatdan qo‘llab - quvvatladik”. - dedi.

O‘tgan hafta ma’lum qilingan o‘sish va eksport raqamlarining Turkiyaning bu murakkab jarayondagi muvaffaqiyatini yaqqol ko‘rsatganini ifoda etgan Prezident,

“Turkiya 2020 - yili qo‘lga kiritgan 1.8 foizlik o‘sish nisbati bilan Xitoydan keyingi ikkinchi o‘rinda. Sanoat ishlab chiqarish va eksportda ham shunga o‘xshash muvaffaqiyatni qo‘lga kiritdik”. - dedi.

Erdo‘g‘an:

“Oxirgi vaqtlarda Turkiyaga xalqaro sarmoya kirishlarining ortganiga guvoh bo‘lyapmiz. Bu nuqtai nazardan Birlashgan Millatlar Tashkilotining  Taraqqiyot dasturi xususiy tarmoq markazi tomonidan ma’lum qilinadigan barqaror rivojlanish maqsadlari Turkiya investorlari xaritasi alohida o‘ringa ega. Xudo xohlasa bu tezlikni kelasi davrda ham davom ettirishda qarorimiz qat’iydir”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.  

 



Aloqador xabarlar